Kundalik duolar
8 ta duo
Barcha duolar
- Uxlashdan oldin o'qiladigan duoAllohim, Sening isming bilan o'laman (uxlayman) va tirilaman (uyg'onaman).بِاسْمِكَ اللَّهُمَّ أَمُوتُ وَأَحْيَا
- Uyg'onganda o'qiladigan duoBizni o'ldirganidan (uxlatganidan) keyin tiriltirgan Allohga hamd bo'lsin, qaytish ham Uning huzuriga.الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ
- Ovqatdan oldin o'qiladigan duoAlloh nomi bilan. (Boshida unutilsa:) Avvalida ham, oxirida ham Alloh nomi bilan.بِسْمِ اللَّهِ
- Ovqatdan keyin o'qiladigan duoMenga buni yedirgan va mening hech qanday kuch-quvvatimsiz rizq qilib bergan Allohga hamd bo'lsin.الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَطْعَمَنِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلَا قُوَّةٍ
- Uydan chiqishda o'qiladigan duoAlloh nomi bilan, Allohga tavakkul qildim, kuch-quvvat faqat Alloh bilandir.بِسْمِ اللَّهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللَّهِ، وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ
- Hojatxonaga kirishda o'qiladigan duoAllohim, erkak va urg'ochi shaytonlardan (har qanday nopoklikdan) Senga panoh tilayman.اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْخُبُثِ وَالْخَبَائِثِ
- Hojatxonadan chiqishda o'qiladigan duo(Allohim,) Sendan mag'firat so'rayman.غُفْرَانَكَ
- Aksirganda o'qiladigan duo va javobiAllohga hamd bo'lsin. (Javob:) Alloh senga rahm qilsin. (So'ng:) Alloh sizni hidoyat qilsin va holingizni isloh qilsin.الْحَمْدُ لِلَّهِ